1.1 Mazkur hujjat (Ommaviy oferta) ustav asosida faoliyat ko’rsatuvchi “Babaev Services” MCHJ (Toshkent shahri, Chilonzor tumani Davlat xizmatlari agentligi tomonidan 06.08.2019-yilda 749881-raqamli guvohnoma asosida ro’yhatdan o’tgan) rahbari Babayev.J.X (bundan buyon matnda “xizmat ko’rsatuvchi” deb yuritiladi) hamda jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida maxsus onlayn platforma orqali masofadan turib yo’lovchi tashuvchi transport vositalariga yo’lovchilar to’g’risida, yo’lovchilarga bo’lsa yo’nalishlar bo’yicha mavjud transportlar hamda hostellar haqidagi ma’lumotlarni olish uchun SURDIK.UZ saytiga kirishni ro’yhatdan o’tkazish hamda ushbu platformadan foydalanish uchun Shartnoma tuzish yuzasidan jismoniy hamda yuridik shaxslarga yo’llangan rasmiy ommaviy taklif hisoblanadi. 1.2 Ushbu oferta O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi qonunining 4-7-moddalari asosan quyida keltirilgan shartlarni qabul qilish (akseptlash) orqali jismoniy va yuridik shaxslar platfroma foydalanuvchisiga aylanishadi hamda xizmat ko’rsatuvchi bilan birgalikda shartnoma tomonlari hisoblanishadi. 1.3 Quyida oferta bandlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Agarda oferta qaysidir bandi yoki qismiga nisbatan e’tirozingiz bo’lsa, xizmat ko’rsatuvchi sizga ofertani qabul qilishdan bosh tortishni taklif qiladi.