Modal
Lorem ipsum dolor sit, amet consectetur, adipisicing elit. Veniam reiciendis harum placeat beatae, nihil, molestiae, aperiam maxime omnis praesentium repellat architecto corporis nobis. Mollitia facere possimus quaerat, autem magni earum praesentium expedita omnis delectus commodi ad esse corrupti neque natus eius quisquam a recusandae eligendi tenetur obcaecati maxime doloremque voluptates consectetur. Nostrum, quo minima assumenda maiores, quaerat placeat laboriosam aliquam autem cumque debitis repellat impedit qui accusamus suscipit. Qui, numquam magni quisquam dicta aperiam tempore accusantium labore, beatae facere pariatur vero modi quo ratione aliquid. Nihil nam a minus debitis, tempore laboriosam illum alias sed odio quos, laborum, corporis soluta.

Chortoq dam olish maskani

Image

				  1949 yil 31 avgustda Chortoqda 30 oʻrinli balneologik shifoxona tashkil etildi; yil sayin u kengaya borib, 1959 yil oʻrinlar soni 250 taga yetdi. Sanatoriy hududi turli meva va manzarali daraxtlar bilan koʻkalamzorlashtirilgan. Maydoni 37 ga, iqlimi yumshoq, kontinental, yozi quruq, issiq, qishi yumshoq. Yanvardagi oʻrtacha harorat — 1,4°, iyulda 23°, nisbiy namlik 52%. Davolash omili — minerallari kam, ichiladigan, sulfatxloridli, natriyli mineral tuzlar va termal, gipertermal (42° dan yuqori vannalar uchun), yodli, xloridli, kaltsiynatriyli minerallari koʻp (20—50 g/l) suvlar hisoblanadi. Bundan tashqari, fizioterapiya, davo fizkulturasi, massaj, issiq (parafin va ozokerit) bilan davolash usullari ham qoʻllaniladi. "CH."s. zamonaviy davolash diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlangan; u yerda 40 kishilik vanna, basseyn, dush va suv muolajasi xonalari mavjud. Sanatoriyda xarakat aʼzolari, nerv sistemasi, hazm aʼzolari, ginekologik va teri kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar davolanadi. Shuningdek, oʻtkir miokard infarktini boshdan kechirganlar sog’ligini tiklash uchun 30 oʻrinli reabilitatsiya boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Mineral suvli vannalar gipotonik, tomir kengaytiruvchi taʼsir qiladi, u qon oqimi tezligini barqarorlashtiradi, organizmning himoya vazifasini oshiradi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Sanatoriyda 400 oʻringa moʻljallangan yotoq korpuslari (bir va ikki oʻrinli), klub, kutubxona, fitobar, sport maydonchalari va boshqalar bor.