Dunyodagi eng noyob laboratoriyalardan biri bo‘lgan, Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining “Katta quyosh sandoni” laboratoriyasini endi barcha tomosha qilishi mumkin! Dunyoda ana shunday majmua faqat 2ta – biri Fransiyada bo‘lsa ikkinchisi – O‘zbekistonda. Biroq yaqin-yaqingacha ushbu noyob obyektga kirish uchun maxsus ruxsatnoma kerak edi. Endi bo‘lsa mazkur obyekt barcha uchun o‘z eshiklarini ochdi. Mazkur qurilma uchun dengiz sathidan 1100 metr balandlikdagi hozirgi joyi tanlanib, yer maydoni portlatiladi. So‘ngra 30 metr chuqurlikdan temir-beton asosli poydevori qo‘yiladi. Konsentrator va texnologik minora joylashgan inshoot 60 metr balandlikda barpo etiladi. Uning tepasiga lift yordamida chiqiladi. Qurilma yaqinida besh yulduz mehmonxona qurilgani mahalliy va xorijiy sayyohlar, ayniqsa, ilmiy turizm vakillari uchun qo‘shimcha qulaylikdir!