15-asrda qurib bitkazilgan rasadxona Temurning nabirasi, astronom-qirol Ulug Bekning tojdor yutug'i va shu bilan birga falokati sababidir.Observatoriyasi qisman qayta tiklanishidan 500 yil oldin deyarli xaroba holatiga kelib qolgandi, u yerda amalga oshirilgan muhim ishlar faqat Ulug ' bekning astronomik asarlarida xotirlanib, Yevropada keyinchalik nashr etilgan edi. 1908-yilda rus arxeologi Vladimir Viyatkinning ko'p yillik mashaqqatli izlanishlaridan so'ng uning qaerdaligi siri hal etildi. Bugun mehmonlar 1449 yilda mutaassiblar tomonidan e'tiborsiz qoldirilgan, keng meridian yoy osti qismini ko'rishlari mumkin. Osmon jismlarining osmon bo'ylab borishini aniqlash uchun uzunligi 63m bo'lgan kvadrant yoyidan foydalanildi. Bu yoy yordamida Samarqandning o'rta asr astronomlari 17-asrda Oksfordda endigina ma'lum bo'lgan va o'rganilgan 1,018 yulduzning harakatlarini sharhlovchi yulduzlar katalogini ishlab chiqdilar. Birinchi martta bu yerga kelganda sizga ko'rishga hech narsa yo'qdek tuyulishi mumkin, ammo adashasiz. Arkning o'zi yer ostiga botib ketgan, shu sabab 1449-yilda rasadxonaning qolgan qismi mutaassiblar tomonidan vayron qilingan paytda omon qolgan. Zulmatga tushsangiz, va arkning ko'lami va qanchalik aniqlik bilan barpo qilinganidan hayratlanmay qolmaysiz. Aslida, ularning aniqligi kompyuter ixtiro qilinmaguncha odamlar tomonidan bilishni imkoni bo'lmagan. Zamin qavat ustidagi xizmat xonalaridan astronomik asboblar sifatida foydalanilgan. Haqiqiy rasadxonaning guvohi bo'lganlar uni shunday tasvirlashgan: "xonalar ichida bo'yalgan to'qqiz samoviy orbitalar tasviri va to'qqiz samoviy jismlar shakllari, yetti sayyoralar va sobit yulduzlar rasmlari, dunyo globusi tasviri, tog'lar bilan yer usti rasmlari, dengiz va cho'llar suratlari bor edi" Ark va uning portali bilan bir qatorda Ulug ' Bek hayoti va asarlari haqidagi muzey joy olgan. Ulug'bek: astronom qirol Din tuman kabi tarqalib, shohliklar halok bo'ladi, lekin olimlarning ishlari abadiyatga qoladi. Ulug 'bek o'zi nozik matematik bo'lsa-da, uning haqiqiy qiziqishi astronomiya edi.U qurgan rasadxonada, Gurxaniy Zijda 11 m uzunlikdagi va radiusi 40.4 m bo'lgan sextant mavjud edi. Teleskop ixtiro qilinishidan ancha oldin bu asbob Ulug ' Begga 1,000 ta yulduzni aniq joylashtirish, yilni shunday aniqlik bilan aniqlash imkonini berdiki, u hatto Kopernikning hisob-kitoblaridan ham o'zib ketadi va yer o'qining aniq nishabligini hisoblay olgan edi. Ulug'bek va uning astronomlari optikasiz ishlashganini hisobga olsak, ularning hisob-kitoblarining aniqligiga ishonish imkonsiz tuyuladi. Hatto bugungi kunda biz Ulug'bek hisoblagan yerning eksenel nishabligi - 23.52° dan ko'ra aniqroq hisob-kitob qilolmaganmiz va uning yilni 365 kun, olti soat, o'n daqiqa va sakkiz soniyaga bo'lib hisoblab chiqqan natijalari eng zamonaviy elektron hisoblashdan bir daqiqa ko'proq xolos. Ulug'bek va uning astronomlarida yulduzlarni o'rganish uchun ko'proq vaqt bo'lganda edi, balki natijalar bundan-da hayratga soladigan bo'lardi.lekin taqdiri azalni o'zgartirishning iloji yo'q: rasadxona 1449 yilda diniy mutaassiblar tomonidan vayron qilingan va u bir arxeolog tomonidan qayta kashf etilishiga qadar yer ostida unutilib yotgan.